Tajribadan, ilmdan kelib chiqqan insholar
Men haqimda
← Insholar ro'yxatiga

← Insholar ro'yxatiga

Men haqimda

Zoxidov Jahongir. 1997-yil 17-martda Bekobodda tug'ilganman.

Ta'lim sohasida ishlayman — Jony Academy va Jony School maktablarining asoschisiman, shuningdek Stech IT o'quv markazining asoschilaridan biriman. O'qituvchilarni tayyorlash va mentorlik bilan ham shug'ullanaman.

2010-yildan buyon yuzlab kitob o'qiganman, o'zim ham bir necha kitob yozganman. Bu sayt — o'sha o'qiganlarim, o'ylaganlarim va hayotdan olgan tajribalarim asosida yozilgan insholarning uyi.

Muayyan kunga bog'lanib qolmayman — ilhom kelganda uzun insholar yozaman. Mavzular turlicha: ta'lim, oila, moliya, o'z-o'zini anglash, din. Lekin ularning barchasida bitta maqsad bor: tajribadan chiqqan haqiqatni sodda tilda yetkazish.